» » Fotogalereya: Butun dunyo Yaponiyadan zudlik bilan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan 16 ta narsa

Fotogalereya: Butun dunyo Yaponiyadan zudlik bilan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan 16 ta narsa


Yaponiya betakror mamlakat. Har yili turli ajabtovur narslar ixtiro qiladi. AdMe butun dunyoga targ‘ib qilish kerak bo‘lgan 16 ta narsani taqdim etdi.

Dispen Pak o‘rami

Suyuq qo‘shimchalar va souslar solish uchun juda qulay bo‘lgan o‘ram. O‘rtasidan biroz bukilsa, ichidagi suyuqlik teshikdan sekin chiqadi.

Muzlatuvchi sprey

Ushbu sprey yozning issiq kunlarida terini muzlatadi. Uning gel shaklidagi turi bir encha soatgacha amal qilsa, ko‘pik shaklidagisini teriga surtsangiz, go‘yo muzdek gazli suv qo‘lingizda erib ketayotgandek tuyuladi.

Lapsha uchun issiq suvli avtomatlar

Tezpishar lapsha sotiladigan do‘konlarda qaynoq suvli avtomatlar turadi. Kassadan uzoqlashmasdan turib, lapsha damlashingiz mumkin.

Bepul soyabonlar

Bekatlarda va ko‘chalarda ko‘pincha soyabonlar solingan qutilarga ko‘zingiz tushishi mumkin. Yomg‘ir yog‘gudek bo‘lsa, yo‘lovchilar soyabonni olib, keyin esa birinchi uchragan qutiga tashlab ketishlari mumkin.

Jamoat vannalari — sento

Ishdan so‘ng dam olish uchun ajoyib joy. Bunday saunalarga kirish esa arzon turadi.

Velosipedlar uchun maxsus avtomatlashtirilgan turargoh

Ikki g‘ildirakli transportni joylash uchun shahar amaldorlari avtomatlashtirilgan yerosti veloturargohlarni tashkil qilgan. Veloturargoh xuddi liftga o‘xshaydi: xizmat uchun haq to‘lab, velosipedni relsga joylashtirgach, eshiklar ochilishini kutish kerak. Qolganini esa tizim o‘zi bajaradi. Velosipedni qaytarib olish uchun esa haq to‘lagan vaqti olgan kartani skanerga olib kelishning o‘zi kifoya.

Park yonidagi yugurish yo‘lakchasi

Ishdan so‘ng istalgan odam kiyimini almashtirib, narsalarini javonga qo‘yib, yugurishga chiqishi mumkin.

Metrodagi qulay joylashuv

Har bir stansiyada raqamlar va harflar birikmasi bor. Bu bilan yapon tilini bilmaydigan istalga odam manzilni topib olishi mumkin.

Velosipedlarga o‘rnatilgan maxsus soyabon ushlagich

Endi velosiped haydovchilari istalgan ob-havoda harakatlana oladi.

Restorandan ovqat buyurtma qilish uchun  savdo avtomati

Restoranlarga kiraverishda mana shunday avtomatlar joylashgan.

Qahva uchun muz bo‘laklari solingan stakanlar

Dastlab siz muz solingan stakanga pul to‘laysiz, keyin esa chiqishda unga qahva solib beriladi.

Jamoat bilan qilinadigan badantarbiya

Jismoniy mashqlar parklarda, maktablarda va korxonalarda bajariladi.

Bachogida rakovinasi bo‘lgan hojatxonalar

Suvni tejash uchun qilingan ixtiro.

Saryog‘ uchun maxsus qirg‘ich

Sovuq saryog‘ni nonga bir tekis surtish endi qiyin emas.

Jo‘natmalarni do‘konning o‘zidan yuborish va qabul qilish uchun maxsus apparat

Har bir ko‘chada joylashgan istalgan do‘kondan turib jo‘natma yuborish va qabul qilish mumkin. Pochtada navbatda turishga hojat yo‘q.

Qaynatilgan tuxumlar bir o‘ramda

Vaqtini tejash istagida bo‘lganlar uchun foydali.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют