» » Rossiya shaharlari yer yuzidagi “eng ekstremal shaharlar” deya e’tirof etildi

Rossiya shaharlari yer yuzidagi “eng ekstremal shaharlar” deya e’tirof etildi


Rossiyaning Yakutsk shahri va Oymakon qishlog‘i dunyodagi eng ekstremal shaharlar ro‘yxatiga boshchilik qildi. Reytingni Ispaniyaning El Pais gazetasi tuzib chiqdi.

Mazkur ro‘yxat turizm va yashash tarzining murakkablik mezonlari, shuningdek, eng sovuq yoki eng issiq iqlim sharoit omillari inobatga olingan holda tuzilgan. Reyting mualliflarining hisoblashicha, eng ekstremal iqlim — Yakutskda, chunki bu yerda qishda havo harorati -40 darajagacha tushadi, yozda esa 29 darajagacha ko‘tariladi.

Oymakon qishlog‘i Yer yuzida inson qadami yetgan eng sovuq joyligi bilan ajralib turadi. 1926-yili bu yerdagi harorat -71,2 darajaga qadar pasaygan. Ta’kidlanicha, u yerda juda ko‘plab katta yoshli ruslar yashab keladi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Yakutskdagi yana bir shahar — Verxoyansk egalladi. Bu yerdagi eng past havo harorati -69,8 darajani, eng yuqorisi esa 37 darajani tashkil etgan. Ushbu shahar havo harorati 106 darajadan ortiqqa o‘zgargani sabab Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

Uchinchi o‘rinni dunyodagi eng issiq shahar — Meksikadagi San-Luis-Rio-Kolorado egalladi. Bu yerdagi havo harorati 59 darajaga yetgan.

Mualliflar dengiz sathidan 5099 metr balandlikda joylashgan Perudagi La-Rinkonada shahrini hamda dengiz sathidan 200 metr pastda joylashgan Isroilning Ierixon va Taba shaharlarini ham ro‘yxatga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют