» » Toshkentda sud raislariga xizmat avtomobillari berildi

Toshkentda sud raislariga xizmat avtomobillari berildi


Poytaxtdagi “Milliy” stadionda Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlarida faoliyat ko‘rsatuvchi ma’muriy va iqtisodiy sudlar raislariga xizmat avtomobillari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Oliy sud raisi Kozim KomilovToshkent shahar va Toshkent viloyati ma’muriy sudlari raislariga Lacetti, tuman ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislariga Nexia rusumli avtomashinalar kalitlarini topshirdi.

—Sudyalar nomidan Prezidentga, Oliy sud rahbariyatiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz, — deydi O‘rta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi T.Annayeva. — Qasamyodimizga sodiq bo‘lgan holda bizga bildirilgan ishonchni oqlash, odil sudlovni ta’minlash, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilish harakatida bo‘lamiz.

Tadbirda Toshkent viloyati va tuman sudlariga 18 ta, Toshkent shahri va tumanlari sudlariga 8 ta avtomashina topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют