» » O‘zbekiston Oliy sudi plenumi majlisida 25 nafar sudya qasamyod qildi

O‘zbekiston Oliy sudi plenumi majlisida 25 nafar sudya qasamyod qildi


O‘zbekiston Oliy sudi plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi marta lavozimga tayinlangan jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari sudyalarining qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi, deya xabar beradi O‘zA.

Sudyalar, Sudyalar oliy kengashi a’zolari, ota-onalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Oliy sud raisi Kozim Komilov va boshqalar mamlakatda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotganini alohida ta’kidladi.

Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2018-yil 12-iyuldagi qarori bilan ilk bor besh yillik muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan 25 nafar sudya qasamyodi eshitildi.

Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar yangi sudyalarga oq fotiha berib, eng yaxshi tilaklarni bildirdi.

— O‘g‘limning xalq manfaatini himoya qiluvchi mas’uliyatli vazifaga tayinlanib, qasamyod qabul qilganidan qalbim g‘ururga to‘ldi, – deydi sirdaryolik Zulfiya aya Qurbonova. – O‘g‘lim shunday sharafli kasb egasi bo‘lib, viloyat aholisiga sidqidildan xizmat qilishiga ishonaman. Har bir ota-ona uchun farzandi erishayotgan yutuqlarni, jamiyatimizga kerakli inson bo‘layotganini ko‘rish oliy baxtdir. Shunday ekan, biz hamisha ularning kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

Marosimda qasamyod qabul qilgan sudyalarga guvohnomalar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют