» » Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan Oliy sud plenumi majlisida muhim qarorlar ko‘rib chiqildi

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan Oliy sud plenumi majlisida muhim qarorlar ko‘rib chiqildi


O‘zbekiston Oliy sudi plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlisda sudyalar, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Sudyalar assotsiatsiyasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Plenum majlisida turli qarorlar loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilingani hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir taxlitda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Ushbu qaror bilan sudlarning e’tibori protsessual normalarga rioya qilmaslik taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga olib kelishini inobatga olgan holda, fuqarolik ishlarini ko‘rishda fuqarolik protsessual qonun normalariga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilgan.

“Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ma’muriy ishlarni yuritish bo‘yicha protsessual qonun normalarida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, ularni ko‘rib chiqish sifatini yaxshilash, har bir ish bo‘yicha qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilishda muhim o‘rin tutadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi bilan amaldagi Plenum qarorlariga zarur qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu jinoyat ishlarini to‘g‘ri malakalash, asosli va adolatli qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют