» » Meksikada narkomafiyaning yuzlab qurbonlari bo‘lgan yangi maxfiy qabrlar aniqlandi

Meksikada narkomafiyaning yuzlab qurbonlari bo‘lgan yangi maxfiy qabrlar aniqlandi


Meksika sharqidagi Verakrus shtatida narkomafiya qurbonlarining yangi maxfiy qabrlari aniqlandi. Bu haqda 16-mart, payshanba kuni hudud gubernatori Migel Anxel Yunes Linares ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Avvalroq hudud prokurori Xorxe Vinkler shu haftada Kolinas-de-Santa-Feda tekshirilgan maxfiy qabrlarning 30 foizida 250 dan ortiq odam bosh suyagi topilgani haqida ma’lum qilgandi.

Prokuror San-Xuliandan bir necha kilometr uzoqlikda yuzlab jasadi bo‘lgan yangi qabrlar topilgani haqida ma’lum qildi.

Migel Anxel Yunes Linares, Verakrus gubernatori

Gubernatorning qayd etishicha, qoldiqlarning shaxsini aniqlash va ginetik ekspertiza qilish uchun mahalliy hukumat rasmiylarini murakkab ish kutib turibdi.

2015-yilning avgust oyida Meksika shimolidagi Nuevo-Leon shtatida odam qoldiqlarining 31 ming qismi bo‘lgan maxfiy qabr aniqlangandi. Tergovning taxminiga ko‘ra, qoldiqlar narkokartellarning o‘g‘irlab ketilgan qurbonlariga tegishli bo‘lgan.

O‘sha yilning sentabr oyida politsiya Meksikaning g‘arbiy qismida joylashgan Xalisko shtatidagi ranchoda jinoyatchilar o‘z qurbonlarini kislota quyish orqali o‘ldirgan joyni topdi. Sapopan hududida joylashgan qishloqda odam suyaklari va tishlari qoldiqlari hamda kislotasi bo‘lgan kamida beshta idish aniqlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют