» » Moskvada yonib ketgan SSJ-100 samolyoti ekipaji halokat tafsilotlarini ma’lum qildi

Moskvada yonib ketgan SSJ-100 samolyoti ekipaji halokat tafsilotlarini ma’lum qildi


Moskvaning Sheremetyevo aeroportida yonib ketgan SSJ-100 samolyoti ekipaji a’zolari sodir bo‘lgan halokat tafsilotlari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Bort kuzatuvchisi Tatyana Kasatkina yo‘lovchilar qanday evakuatsiya qilingani haqida gapirib berdi.

“Hammasi juda tez yuz berdi. Tutun juda quyuq edi. Samolyot hali tezligini pasaytirmagan bo‘lsa-da, odamlar o‘rindiqlaridan turib, yura boshladi. So‘ng samolyot to‘xtadi, men darhol evakuatsiyani boshladim. Eshikni oyog‘im bilan ochib, yo‘lovchilarni itarib chiqardim.

Kasatkinaning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qattiq do‘l yog‘ilayotgan bulutni yorib kirgan.

Ekipaj komandiri Denis Yevdokimov momaqaldiroq tufayli radioaloqa yo‘qolganini, samolyot to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv rejimida bo‘lganini aytdi.

“Bizda radioaloqa yo‘q edi. Uni ikkinchi radiostansiyada avariyaviy chastota orqali qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldik, ammo u qisqa muddatli, uzuq-yuluq edi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Sheremetyevo aeroportida Moskvadan Murmanskka yo‘l olgan Sukhoi Superjet 100 samolyotining alanga olishi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют