» » APL. “Manchester Siti” “Lester”ni yutib, chempionlikka katta qadam tashladi (video)

APL. “Manchester Siti” “Lester”ni yutib, chempionlikka katta qadam tashladi (video)


6-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 37-turining so‘nggi uchrashuvida Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” jamoasi “Ittihod” stadionida “Lester” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “mankunianlar” sardori Vensan Kompani super gol muallifiga aylandi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi (1:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” 95 ochko to‘plab, musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. Undan bir pog‘ona ortda borayotgan “Liverpul” hisobida esa 94 ochko mavjud.

37-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

37-tur bahslari

6-may, dushanba

Gol: 1:0 – 70 Kompani

“Manchester Siti”: Ederson, Lyaport, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva (Stounz, 90+1), Gundo‘g‘on, Bernardu Silva, Foden (Sane, 56), Sterling, Aguero (Jezus, 87)

“Lester”: Shmeyhel, Maguayr, Rikardu Pereyra, Chiluell, Evans, Chouduri, Ndidi, Olbrayton (Grey, 85), Tilemans (Barns, 75), Meddison (Ixeanacho, 80), Vardi

Ogohlantirishlar: Silva (22), Maguayr (35), Kompani (44), Jezus (89), Ixeanacho (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют