» » Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda


Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Mamlakat atrof-muhit, tabiat muhofazasi va yadroviy xavfsizlik vazirligi hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yurgen Keynxorstga ko‘ra, bo‘lajak tashrif ekologik xavfsizlik borasidagi munosabatlarni ham yangi bosqichga olib chiqadi. Bu haqda Berlindan Alisher Azimov xabar bermoqda.

“Bu sohadagi hamkorlikning ijobiy misollari ham bor. O‘zbekistonda ishtirokimizda qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, tog‘li hududlarda tuproqni eroziyadan himoya qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi yoki ayni paytda bajarilmoqda. Shuningdek, Amudaryo qirg‘oqlarida qum ko‘chishini oldini olish, hayvonot olami populyatsiyasini saqlash, turistik zonalarni rivojlantirish loyihalari ham ishlab chiqilgan. Ularni muvaffaqiyatli yuzaga chiqarish uchun 3 milliondan 5 million yevrogacha mablag‘ ajratilgan”, — deydi Yurgen Keynxorst.

Ushbu tashrif arafasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Germaniyaga stadi-tur tashkillandi. Loyihaning milliy hamkori — Suv xo‘jaligi vazirligi. Guruhga OAV vakillari, jumladan, “Daryo” jurnalisti ham kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют