» » Namanganda qarzdor otaning xorijga chiqish cheklovi 74,3 mln so‘m to‘laganidan so‘ng olib tashlandi

Namanganda qarzdor otaning xorijga chiqish cheklovi 74,3 mln so‘m to‘laganidan so‘ng olib tashlandi


Namanganda alimentdan qarzdor otaning O‘zbekistondan chiqish cheklovi olib tashlandi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2018-yil 13-noyabrdagi buyrug‘iga asosan R.Siddiqovdan 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan va qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Agar voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun moddiy ta’minotni kamida 5 yilligini oldindan to‘lasa, fuqarodan chetga chiqish cheklovi olib tashlanadi.

Fuqaro R.Siddiqov ariza bilan MIB Namangan shahar bo‘limiga murojaat qilib, besh yillik aliment pullarini hisob-kitob qilishini so‘ragan. Ariza o‘rganilib, 2019-yil 1-aprelidan 2024-yilning 1-apreliga qadar aliment hisob-kitob qilingan va fuqaro 74,5 million so‘m aliment to‘lashi kerakligi belgilangan.

R.Siddiqov farzandlari moddiy ta’minoti uchun 74,3 million so‘m to‘lagani sababli unga qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilingan.

Avvalroq Surxondaryoda xorijga chiqishni istagan ota 76 million so‘m aliment to‘lagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют