» » Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladigan bo‘ldi

Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladigan bo‘ldi


Bahsli “O‘lmas polk” aksiyasi Toshkentda 9-may kuni baribir o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb yozadi “Minbar.uz”. Tashkilotchilarning aytishicha, aksiya ishtirokchilari SSSR madhiyasining sadolari ostida “Birodarlik qabristoni”dan Mustaqillik maydoniga piyoda boradi.

“9-may kuni trotuarlar va piyoda yo‘lkalari bo‘ylab “Birodarlik qabristoni” majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi Mangu olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda yuramiz”, – deb yozgan aksiya tashabbuskorlaridan biri Timur Ismoilov.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shahar aholisi va mehmonlari uchun 9-may, payshanba kuni “Birodarlar qabristoni”ni ziyorat qilish soat 10:00 dan boshlanadi.

F.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i hamda Toshkent hayvonot bog‘iga kirish esa 14:00 dan boshlanadi.

9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Birodarlar qabristoni”da bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  Shu munosabat bilan 9-may kuni shahardagi Shota Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i bo‘ston ko‘chalarining “Birodarlar qabristoni”ga tutash bo‘lgan qismida avtomobillar harakati soat 7:00 dan 10:00 gacha vaqtinchalik cheklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют