» » Samarqandda marhum harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olindi

Samarqandda marhum harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olindi


Samarqand viloyatida 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasorati yod etilib, ularning oila a’zolariga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlardan birida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari K. Achilov, Pastdarg‘om tumani mudofaa ishlari bo‘limi vakillari, Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismning targ‘ibot guruhi a’zolari va o‘quvchi-yoshlar marhum harbiy xizmatchi Lochinbek Hayitovning oilasi – Nafosat Yusupova xonadonida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Lochinbek Hayitovning yuksak fazilatlari, harbiy xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi.

Marhum Lochinbek Hayitov 2014-yilda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.  Tadbirda Lochinbek Hayitov oilasiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mukofoti va sovg‘a-salomlar topshirildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar esa o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida tan jarohati olgan nafaqadagi Qurolli Kuchlar harbiylarini yo‘qlab bordi.

Ularning Vatan tinchligi yo‘lida qilgan xizmatlari hech qachon unutilmasligi, doim e’tibor va e’zozda bo‘lishi ta’kidlanib, bayram sovg‘alari ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют