» » OAV: Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi masjidlar 3 yildan beri vayron qilinmoqda

OAV: Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi masjidlar 3 yildan beri vayron qilinmoqda


Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi masjidlar 3 yildan davomida vayron qilib kelinmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar bermoqda.

Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan. Nashrning ma‘lumotlari 90 ta sun’iy yo‘ldoshning suratlariga asoslangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yildan boshlab 33 ta bino yoki to‘liq buzib tashlangan yoki qisman vayron qilingan. Nafaqat masjidlar, balki turli binolar, gumbazlar va minoralar ham qulatilgan.

Vayronagarchilikka uchragan binolar orasida Imam Asimning xarami ham bor. Uning maqbarasi ko‘plab ziyoratchilarning diqqatini tortadi.

Xitoy ozchilikni tashkil etuvchi musulmonlarning huquqlarini suiiste’mol qilish haqidagi ayblovlarni inkor etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi esa bu muammodan bexabar ekanini bildirgan. Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Gen Shuan Xitoy diniy erkinlikni qo‘llab-quvvatlashi hamda diniy ekstremizmga qarshi ekanini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют