» » “Namangan” EIZdagi dastlabki korxona faoliyatini boshladi

“Namangan” EIZdagi dastlabki korxona faoliyatini boshladi


“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida 5 million evrolik ilk loyiha — “Chust textile” xususiy korxonasining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bu bilan 750 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada yiliga 10 mln dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Chust tumani, Sabzazor massividagi bo‘yalgan mato va tikuvchilik trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov korxona ta’sischisi Jamshidbek Ismatullayevga Namangan erkin iqtisodiy zonasining birinchi raqamli guvohnomasini topshirdi.

Ma’lumot uchun, “Namangan” EIZ uchun viloyatning Chust tumanidagi Sabzazor va Zarafshon massivlaridan 410,4 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ibrat massividan 271 gektar, jami 681,4 gektar yer maydoni ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют