» » Otabek Murodov: Prokuratura vakolatlarini asossiz ravishda kengaytirish boshlangan edi

Otabek Murodov: Prokuratura vakolatlarini asossiz ravishda kengaytirish boshlangan edi


O‘zbekiston prokuratura organlarida qator lavozimlarning bekor qilinishini nazorat organi vazifalariga kirmaydigan vakolatlarning qisqartirilishi sifatida qabul qilish lozim. Bu haqda bosh prokuror Otabek Murodov 4-may kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-martdagi farmoni bilan prokuratura tizimidagi qator lavozim va boshqarmalar tugatildi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi Bosh prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazildi. Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

“Gap prokuratura sohasidagi islohotlarning davom ettirilayotgani haqida ketmoqda. Agar e’tibor qilgan bo‘lsangiz, so‘nggi ikki yil ichida prokuratura juda ko‘p yangi xodimlarni: 476 kishini — soliq organlariga, 1700 kishini — agroinspeksiyaga shtatga qabul qildi. Gap prokuratura shtatlarining emas, balki ushbu yillarda qo‘shimcha qabul qilgan shtatlarning qisqartirilishi borasida ketmoqda”, — dedi bosh prokuror.

Otabek Murodov boshqa organlardan qo‘shimcha shtatlarning qo‘shilishi natijasida prokuraturaning o‘z vazifalariga kirmadigan vakolatlarini asossiz ravishda kengaytirish boshlanganini tan oldi.

Prezident farmoni bilan prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1198 ta shtat birliklaridan 87 tasi — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga, 470 tasi — Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga yo‘naltiriladi.

Bosh prokurorning qayd etishicha, shtatlarning qisqartirilishi ish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. “Qonunga ko‘ra, prokuratura boshqa barcha organlardan mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan nazorat organi hisoblanadi. Shuning uchun ish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют