» » Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi


Hukumat qarori bilan Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Muzaffar Raximdjanovich Rasulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ulugbek Narmamatovich Javliyev, Zafar Zoirovich Saidov va Ikromjon Fayzulloyevich Xamrayev inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmuyi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют