» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi inspeksiya bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi inspeksiya bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qildi


Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlovini e’lon qildi.

Nomzodlar tanlovi Inspeksiya hududiy boshqarmalarining quyidagi lavozimlari uchun o‘tkaziladi:

— oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi va chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish, paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish, texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha katta inspektor

nomzodlarga talablar: injener-mexanik, muhandis-gidrotexnik, suv xo‘jaligi va melioratsiya, suv omborlari gidrologiyasi, gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish, oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, seleksiya urug‘chiligi, agronomiya, dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, zootexnik, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot, kamida uch yil ish staji, zarur bilim va malakaga ega bo‘lish;

— axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sho‘basi bosh inspektori

nomzodlarga talablar: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish.

Nomzodlarga ko‘rsatilgan maxsus malaka talablaridan tashqari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha barcha nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar amal qiladi.

Inspeksiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llaniladi.

Telefon raqamlarini ko‘rsatilgan holda rezyume va boshqa ma’lumotlarni agroinspeksiya@prokuratura.uz elektron manzilga jo‘natish so‘ralgan.

Ariza topshirish muddati 2018-yil 30-iyungacha.

Ma’lumot uchun telefon: (0371) 120-59-36, 120-59-20.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

Manzil: Toshkent shahri, Obinazir ko‘chasi, 109-uy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 10:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют