» » Shri-Lanka xorijiy elchilardan mamlakatga sayohat qilish cheklovlarini bekor qilishga chaqirdi

Shri-Lanka xorijiy elchilardan mamlakatga sayohat qilish cheklovlarini bekor qilishga chaqirdi


Shri-Lanka Prezidenti Maytripala Sirisena xorijiy diplomatik vakillarni Shri-Lankada milliy xavfsizlik qayta tiklanganidan buyon o‘z fuqarolari uchun mamlakatga sayohat qilish cheklovlarini bekor qilishga chaqirdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, prezident diplomatlarga mamlakatdagi terroristik faoliyatga qarshi xavfsizlik kuchlarining operatsiyalarida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.

Prezident barcha terrorchilarning 95 foizi hibsga olingan yoki nazorat ostida ekanligini hamda faqat ikki yoki uch nafar gumondorni hibsga olish ishlari davom etayotganini aytib o‘tdi.

Sirisena xorijiy razvedka yordami bilan terrorizm tahdidi yaqin orada yo‘q qilinishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Shri-Lanka politsiyasi boshlig‘i 21-aprelda sodir etilgan teraktga aloqador barcha shaxslar va  gumonlanuvchilar qo‘lga olingani yoki yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

21-aprel kuni Shri-Lankadagi sakkizta cherkov va mehmonxonalarda “Pasxa” bayramini nishonlash vaqtida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda 250 kishi halok bo‘lgan, 480 dan ortiq odam jarohat olgan. Politsiya 40 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan edi. Shri-Lankadagi terakt bo‘yicha mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga olgan. Shri-Lanka hukumati ushbu teraktlarni Yangi Zelandiyadagi masjidga amalga oshirilgan hujum uchun qasos deb baholamoqda.

23-aprel kuni Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena mamlakatdagi xavfsizlikka javob beradigan barcha idora rahbarlarini ishdan bo‘shatishni ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют