» » Shri-Lankadagi terrorchilik hujumi bo‘yicha hibsga olinganlar soni 60 ga yaqinlashdi

Shri-Lankadagi terrorchilik hujumi bo‘yicha hibsga olinganlar soni 60 ga yaqinlashdi


Tekshiruvlar natijasida 359 nafar odamning halok bo‘lishiga olib kelgan Shri-Lankadagi bir qator portlashlar sodir etilishida gumonlanib qo‘lga olinganlar soni 58 nafarni  tashkil etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 24-aprel kuni politsiya Beruvala, Katana, Alutxgama shaharlaridan 18 kishini hibsga olgan.

21-aprel kuni Shri-Lankada mamlakat tarixida eng katta bir qator terrorchilik hujumlari uyushtirildi. Umumiy hisobda Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlarida, xususan, pasxa bayrami nishonlanayotgan cherkovlar va mehmonxonalarda sakkizta portlash sodir etilgan.

Hujumda Shri-Lanka fuqarolari bo‘lgan yettita xudkush terrorchi ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют