» » Nokia ilk bor o‘z texnologiyalaridan foydalanish huquqini Rossiya kompaniyasiga beradi

Nokia ilk bor o‘z texnologiyalaridan foydalanish huquqini Rossiya kompaniyasiga beradi


Nokia kompaniyasi ayrim telekom-qurilmalarining intellektual mulk huquqlari va manba kodlarini Rossiyaning “Rostelekom” kompaniyasi bilan tashkil etilgan “RTK-Tarmoq texnologiyalari” qo‘shma korxonasiga beradi. Bu haqda kompaniyaga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Rossiya davlat operatori qo‘shma korxonaning 51 foiziga egalik qilishini 2018-yilda Peterburgda o‘tkazilgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida ma’lum qilgandi. Qo‘shma korxona faoliyati tarmoq aloqalari uchun dastur va qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bitim doirasida Nokia 2019—2022-yillar davomida 10 milliard rubl mablag‘ tikishi kerak. Ushbu pullar “RTK-Tarmoq texnologiyalari” mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Intellektual mulk huquqi Rossiya kompaniyasining aynan qaysi mahsulotlariga berilishiga oydinlik kiritilmagan. Hujjatlarda ko‘rsatilishicha, keyinchalik ishlab chiqarish Rossiyada mahalliylashtiriladi.

Biror bir loyihaga intellekutal mulk huquqini taqdim etgan kompaniya ushbu texnologiyaning to‘laqonli egasiga aylanadi: barcha patentlar, nou-xaular va manba kodlariga egalik qiladi.

“RTK-Tarmoq texnologiyalari” o‘z qurilmalarini “Rostelekom”ga bozor narxidan 4—5 foiz arzonga sotishni reja qilgan. Natijada kompaniya 2019-yilda “Rostelekom”ga 67,6 million yevrolik, 2022-yilga esa 397 million yevrolik mahsulot sotadi. 2019-yildagi daromadi 97,6 million yevroga teng bo‘lsa, 2022-yilda 581 million yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga “RTK-Tarmoq texnologiyalari”ni rivojlantirishga ketadigan xarajatlar miqdori 500 million yevrodan ortadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют