» » Qarshida saratonga chalingan ayolga uy berildi

Qarshida saratonga chalingan ayolga uy berildi


Qarshi shahridagi “Kat” mahallasida 20 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirildi. Bu haqda “Xalq bilan muloqot” guruhi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qarshi shahri “Naxshab” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Dilnavoz Erkayeva yolg‘iz ona. Saraton kasalligiga chalingani bois, 2-guruh nogironi. Shu kunga qadar u bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan jami 7 kishi bir xonali uyda yashab kelardi. Bugun uning uchun eng quvonchli kun. Endi uning o‘z uyi bor.

– Xursandchiligim ichimga sig‘maydi, – deydi Dilnavoz ko‘zlariga yosh olib. – Hatto o‘zimni sog‘lom insonlardek his qila boshladim. Keyingi paytlar juda tushkunlikka tushib qolgan edim. Bu uyning menga berilishi hayotimni butkul o‘zgartirib yuborgandek go‘yo. O‘g‘lim Aleksandr ham xursand. Endi u ham tengdoshlari oldida uyalmaydi. Boshini tik tutib yuradi. Buning ustiga bizga berilgan uyda hamma sharoit muhayyo ekan. Xuddi tush ko‘rayotgandekman, hozir.

2017—2018-yillarda viloyatda 428 nafar nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan fuqaroni imtiyozli uy-joy bilan ta’minlash, yashab turgan uylarini ta’mirlab berish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish reja dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 2017—2018-yillar davomida 122 nafar fuqaroning uy-joy olishi uchun boshlang‘ich to‘lov mablag‘lari to‘lab berilgan. 132 nafar o‘ta og‘ir turmush sharoitidagi nogironlarga bepul moslashtirilgan uylar qurib topshirilgan. 121 nafarining yashash uy-joylari ta’mirlangan. 15 nafariga esa o‘zlari yashab turgan yer uchastkalaridan uy-joy qurib berilgan. 38 nafariga mahalliy hokimliklar tomonidan arzon uy-joylar ajratilgan.

Bu kabi ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha reja dastur ishlab chiqilgan.

Qarshi shahar “Qarliqbog‘ot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Lobar Usmonova ham turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng uch nafar yosh farzandi bilan qiynalib qoldi. U qaynotasinikida jami 4 ta oila bir xonadonda yashab kelardi. Ikkita o‘g‘li endigina maktabga bora boshlagan. Kenjasiga hali ona tarbiyasi zarur. Shu bois u ishlash imkonidan mahrum. Uy-joy masalasidagi oilaviy tortishuvlar so‘nggi paytlarda uni juda charchatgan edi. Mutasaddilar unga ham uy ajratganini eshitib, benihoya quvondi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют