» » Venesuelalik deputat AQSh kemalarining yuborilishiga munosabat bildirdi

Venesuelalik deputat AQSh kemalarining yuborilishiga munosabat bildirdi


Milliy ta’sis majlisi deputati Xulio Chaves AQSh tomonidan Venesuelaga harbiy-tibbiy kemalarning yuborilishini “ikki tomonlama standart” deb atadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens 7-may kuni Venesueladagi inqirozga javoban AQSh “tibbiy xizmatga muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun” harbiy kemalarni yuborishini aytgandi. AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, kemalar mintaqaga besh oy muddatga yuborilmoqda.

Kemalarning yuborilishi bu — ‘ikki tomonlama standart’, bu — imperializm kibrini namoyish etuvchi cho‘pning ikkinchi tomoni. Agarda bu kabi iqtisodiy cheklovlar, sanksiyalar bo‘lmaganida vaziyat bunaqa tus olmasdi.

Xulio Chaves, deputat

AQSh bir necha bor Venesuelaning butun boshli sektorlari, shuningdek, kompaniya va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etgan.

21-yanvar kuni Venesuelada mamalakt prezidenti Nikolas Maduroga qarshi ommaviy namoyishlar boshlangan. Muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha davlat rahbari deb e’lon qilgan, G‘arbning ko‘plab davlatlari AQSh boshchiligida Guaydoni president sifatida tan olgan ham.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют