» » Rossiya Polshaga prezident Kachinskiy samolyoti bo‘laklarini ko‘zdan kechirishga ruxsat berdi 

Rossiya Polshaga prezident Kachinskiy samolyoti bo‘laklarini ko‘zdan kechirishga ruxsat berdi 


Rossiya Tergov qo‘mitasi Polsha vakolatli idoralarining marhum prezident Lex Kachinskiyning samolyoti bo‘laklarini ko‘zdan kechirish haqidagi navbatdagi so‘rovini ma’qulladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Erishilgan kelishuvga muvofiq, may oyi oxirida qo‘mita xodimlari Polsha vakillari uchun Smolenskdagi aerodromda saqlanayotgan Tu-154M agregatlari, oraliq bog‘lanmalar, konstruktiv elementlari bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.

Samolyot bo‘laklari ashyoviy dalillar maqomiga ega, 2010-yilda boshlangan tergov hozirga qadar yakunlanmagan. O‘sha yili 10-aprelda yuz bergan aviahalokatda 96 kishi, jumladan, Polsha prezidenti Lex Kachinskiy halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют