» » Yo‘l harakati xavfsizligi tizimidagi o‘zgarishlar yangi kitobda chop etildi

Yo‘l harakati xavfsizligi tizimidagi o‘zgarishlar yangi kitobda chop etildi


Toshkent viloyati IIB YHXB xodimlari yana bir tashabbusni amalga oshirdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Gap shundaki, ular yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir oxirgi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini o‘zida jamlagan “O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami”ni chop etdi.

Ma’lumki, o‘tgan yillarda tizimda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, Prezidentning 2017-yil 10-aprelda “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2017-yil 11-iyulda “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasining bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlari amaliyotga joriy etilmoqda. Bulardan maqsad, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari oldiga qo‘yilgan xalq manfaatlarini himoya qilishdek ulkan vazifalar va topshiriqlarni bajarish.

Shu kabi maqsad va vazifalarni bajarishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, yo‘l harakati ishtirokchilariga o‘z vaqtida va sifatli turli yordamlar ko‘rsatish sifatini oshirish va bu borada xodimlarning malakasini yuksaltirish maqsadida tayyorlangan kitob ayni paytda tizimdagi xodimlarga yetkazib berildi.

Bu kitob yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining bilmini oshirishda juda muhimdir. Shuningdek, fuqarolar ham uni o‘qib, tizimdagi yangiliklar, so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют