» » Fotoreportaj: Toshkentdagi “Botanika bog‘i”da bayram sayli davom etmoqda

Fotoreportaj: Toshkentdagi “Botanika bog‘i”da bayram sayli davom etmoqda


Poytaxtda joylashgan “Botanika bog‘i”da 9-may  – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan bayram sayli davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bog‘da Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan tashkil etilgan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi urushga safarbarlik, qirg‘inbarotning dahshatli tasvirlari va erishilgan g‘alaba aks etgan dekoratsiya va installyatsiyalar, o‘sha davrga taalluqli jangovar texnika va qurol-yarog‘lar, shuningdek, front ortida g‘alabani mardonavor ta’minlagan zahmatkash xalqning siymosi bu yerga tashrif buyurayotgan aholining diqqat markazida bo‘lib, ularda katta tassurotlar uyg‘otmoqda.

“Ikkinchi jahon urushi jang sahnalari namoyish etilgan badiiy filmlarni ko‘p ko‘rganman, – deydi talaba Hasan Usmonov. – Ammo mazkur filmlar ushbu saylgohda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan yuqori saviyada tashkil etgan, men hozir ko‘rib turganim – urush sahnalarichalik hayajonlantirmagan. Bu yilgi bayram o‘zgacha shukuhda o‘tmoqda. Buni yurtdoshlarimizning ko‘tarinki kayfiyatidan bilib olish qiyin emas”.

Toshkent vokzalidan bilagi kuchga to‘lgan yigitlarni urushga jo‘natish nuqtasi, Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi pallasida dushman qarorgohining yakson etilgan holati tasvirlangan maxsus maydon, eng musibatli damlarda ham o‘zbek xalqiga xos iroda va mardonavorlik ko‘rsatgan usta Shomahmudovlar oilasining o‘zga xalqlar bolalariga ko‘rsatgan otalarcha muruvvati aks etgan sahnalar, ayniqsa sayilgohga tashrif buyurgan keksa-yu yosh qalbida tinchlik-xotirjamlik atalmish ulug‘ ne’matning qadriga yetish, harbiy-vatanparvarlik, Vatanni sevish tuyg‘ularini jo‘sh urdirdi.

Minglab o‘zbekistonliklarning “Botanika bog‘i”ga tashrifi davom etmoqda. Butun mamlakat bo‘yicha 9-may – Xotira va Qadrlash kuni shukuhi ufurib turib



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют