» » AQShda politsiyachilar gumonlanuvchiga 76 marta o‘q uzdi

AQShda politsiyachilar gumonlanuvchiga 76 marta o‘q uzdi


AQShda Kaliforniya shtatining Anaxaym shahri politsiyasi gumonlanuvchining ortidan quvgan va unga 76 marta o‘q uzgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ushbu voqea uchun politsiyaning bir nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan, ikkinchisi esa intizomiy jazoga tortilgan.

Ushbu voqeaning videosi YouTube kanalga 8-may kuni joylangan. Voqeaning o‘zi esa 2018-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan. Politsiyachilar Pedersen va Steymeyts giyohvand modda qabul qilib, qurol ko‘tarib olgan shaxs haqida xabar kelgach, ishga kirishgan. Gumonlanuvchi, 50 yoshli Eliut Penaloza Nava politsiyaning ko‘z o‘ngida mashinaga chiqib, qochib ketgan. Keyin politsiya uni ortidan quvgan.

Qochayotganida Eliut politsiyaga o‘yinchoq pistoletni o‘qtalgan. U haqiqiysiga juda o‘xshar edi. Shundan so‘ng Pedersen tablo qurolidan mashinaning old oynasi orqali unga qarata o‘q uza boshlagan. Pedersen pistoletdan 64 ta o‘q uzgan, Steymeyts esa vintovkada 12 marta otgan.

Quvg‘in Navaning o‘limi bilan yakun topgan. Unga 9 ta o‘q tekkan. U ispan tilida bir necha bor politsiyadan o‘q otishni to‘xtatishini so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют