» » BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi missiyani bir yilga uzaytirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi missiyani bir yilga uzaytirdi


BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha missiya vakolatini 2018-yil 17-martgacha uzaytirdi. Tegishli 2344-rezolyutsiya 17-mart, juma kuni qabul qilindi. Hujjatga Yaponiya delegatsiyasi mualliflik qildi, deb yozadi “Kommersant”.

BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘oniston hamda mintaqadagi boshqa mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyo xavfsizligi uchun jiddiy tahdidlar yaratayotgan IShID bilan bog‘liq guruhlar Afg‘onistonda mavjudligi va ularning kuchayish ehtimoli borligi yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni qurollangan noma’lum shaxslar Afg‘onistonning sharqiy Xost viloyatidagi harbiy aviabazaga hujum uyushtirgan edi. Avvalroq esa “Tolibon” Afg‘onistonda ketma-ket portlashlar sodir etgan edi. Bularning barchasi esa mintaqa va jahon davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (18-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют