» » Lola Karimova yurak nuqsoni bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik bolani Fransiyada operatsiya qildirdi

Lola Karimova yurak nuqsoni bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik bolani Fransiyada operatsiya qildirdi


Og‘ir tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan besh nafar o‘zbekistonlik bolajonlar shoshilinch jarrohlik va intensiv kardiologik yordam olish uchun Fransiyaga jo‘natildi. Ushbu xayriya aksiyasi Lola Karimova-Tillayevaning “Sen yolg‘iz emassan” fondi tomonidan amalga oshirildi, deb xabar berdi Karimov fondi.

Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 oydan 9 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar bolaga Fransiyaning Nant shahridagi klinikada professor Oliv Baron boshchiligidagi yetakchi fransuz kardiojarrohlari tomonidan yurak operatsiyalari bajarildi.

O‘rtacha yetti soat davom etib, muvaffaqiyatli o‘tgan operatsiyalardan so‘ng, bolalar uch hafta davomida fransiyalik shifokorlar nazoratida bo‘ldi.

Ushbu guruhdan bo‘lgan beshinchi bolajon Nant pediatrik klinikasining intensiv kardiologiya bo‘limida to‘liq tekshiruv va davolanish jarayonidan o‘tdi. Hozirgi kunda bolajonlarning sog‘lig‘i ancha yaxshi bo‘lib, reabilitatsiya kursi tugagach, kuni-kecha ular onalari bilan birgalikda vatanlariga qaytib keldi.

“Nant shahridagi klinikaga fondimiz bolalarni onalari bilan birgalikda yubordi. Shuningdek, Toshkentdan Fransiyaga safar paytida sog‘lig‘i zaif bolajonlarning ahvolini nazorat ostida ushlab turish maqsadida fondning malakali shifokori ularga hamrohlik qildi. Fransuz shifokorlari bolajonlarning onalarini farzandlari ahvoli haqida muntazam va to‘liq xabardor qilib turishlari uchun fondimiz tomonidan shifokor-tarjimon ta’minlandi”, — deyiladi xabarda.

“Sen yolg‘iz emassan” Fondining moliyaviy ko‘magi bilan shu kunga qadar fransiyalik kardiojarrohlar tomonidan o‘zbekistonlik kam ta’minlangan oila farzandlari va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 110 dan ortiq murakkab yurak operatsiyalari bajarildi, ulardan 20 tasi Fransiyaning Nant shahridagi klinikada amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют