» » Toshkentda fransuz kardiojarrohlari 9 nafar bolani murakkab operatsiyadan o‘tkazdi

Toshkentda fransuz kardiojarrohlari 9 nafar bolani murakkab operatsiyadan o‘tkazdi


“Sen Yolg‘iz Emassan” fondi “Umid rishtalari” fransuz uyushmasining bolalar kardiojarrohlari bilan birgalikda O‘zbekistondagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlariga jarrohlik yordamini ko‘rsatish xayriya aksiyasini davom ettirmoqda, deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida. Oktabr oyida Toshkentda fransuz kardiojarrohlari tomonidan tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilmaydigan murakkab jarrohlik operatsiyalari bajarildi.

4—10-oktabr kunlari Akademik V. V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida fransuz kardiojarrohlari tomonidan O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi kam ta’minlangan oila farzandlaridan 9 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti bajarilib, 45 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

3 yoshli Shomirzayev Shahboz (Surxondaryo viloyati), 2 yoshli Shavkatova Parizoda va 4 yoshli O‘ktamov Sherzod (Jizzax viloyati), 1 yoshli Mo‘ydinov Umidjon (Farg‘ona viloyati), 13 yoshli Hoshimova Mahbuba va 8 yoshli Olimjonov Avazbek (Namangan viloyati), 3 yoshli Mordvinov Arsen (Toshkent shahri), 12 yoshli Jamolov Mirjalol va 3 yoshli Jomuradova Mehrinigorlarga (Qashqadaryo viloyati) murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi. “VPS. Tetrada Fallo. O‘pka arteriya atreziyasi. OAP” tashxisli Jomuradova Mehrinigorga mazkur xayriya aksiyasi doirasida ikkinchi marotaba operatsiya amalga oshirilishi, jarrohlik amaliyotining ilk bosqichi qizaloqqa 2016-yilning sentabrida o‘tkazilgan edi.

“Barcha bolajonlar tezda sog‘ayib ketishlarini tilayman. Mazkur aksiyada ishtirok etgan shifokorlarga – professor Olive Baron boshchiligidagi fransuz kardiojarroxlar guruhiga, Akademik V. V. Vohidov nomidagi Jarrohlik markazining shifokorlariga yuksak kasbiy mahoratlari va har bir bolajonga alohida ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklari uchun o‘z minnatdorligimni izhor etaman”, — deya qayd etdi Lola Karimova-Tillayeva.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют