» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni poytaxtdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Yaqin-yaqingacha Suzuk ota ziyoratgohini ko‘pchilik bilmas, maqbara va eski masjid zax tortib qolgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-may kuni Suzuk ota majmuasida bo‘lib, maqbara hamda masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 2018-yil 9-fevralda qurilishning borishi bilan tanishib, majmua yonida hunarmandlar uchun uy-joylar barpo etish zarurligini ta’kidlagandi.

“Bugun mazkur tashabbuslar to‘la ro‘yobga chiqdi. Maqbara va masjid qurilib, qariyb 8 gektarlik maydon obodonlashtirildi. Majmuaga kirish binosida muzey, kutubxona, mahalla idorasi va boshqa obyektlar joylashtirildi. Maqbaraning ikki tomonida hunarmandlar uchun har biri 4,5 sotixli o‘ttizta kottej barpo etildi”, — deyiladi xabarda.

Bugungi tashrif chog‘ida Prezident ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Maqbara ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Shu yerda diniy ulamolar, nuroniylar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari ularni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, yangilangan majmuaning shunday ulug‘ ayyom kunlarda ochilishi xayrli ekanini ta’kidladi.

“Boshqa davlatlar yo‘q tarixini bor qilishga harakat qiladi. Biz buyuk tariximizni, allomalarimiz merosini xalqimizga, yoshlarimizga to‘liq yetkazib berolmadik. O‘zligimizni anglash nuqtai nazaridan shunday joylarga e’tibor bersak, bunga hamma e’tibor qaratadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumki, Suzuk ota o‘ymakor usta bo‘lgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandchilik uylari tashkil etilgani chuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinchi qavati ustaxona va do‘kon uchun ajratilgan. Bu o‘ziga xos hunarmandchilik markazi bo‘lib, majmua bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi.

Prezident ushbu uylarni, yog‘och qirmachilik va xattotlik ustaxonalarini kirib ko‘rdi.

“Hunarmandchilik – halol kasb. Bugungi kunda eng katta vazifamiz – ish joylari yaratish. Hunarmandlarga sharoit yaratsak, ham o‘zini boqadi, ham boshqalarni ish bilan ta’minlaydi. Shogirdlar tarbiyalasa, qancha yoshlar hunarli bo‘ladi, o‘z tadbirkorligini ochib, daromad topadi”, — dedi davlat rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют