» » Bloomberg: AQSh Rossiyani valyutani manipulyatsiya qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shishi mumkin

Bloomberg: AQSh Rossiyani valyutani manipulyatsiya qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shishi mumkin


AQSh prezidenti administratsiyasi valyutani manipulyatsiya qilishda gumon qilinayotgan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

AQSh Moliya vazirligi har yili ikki martadan tayyorlaydigan hisobotda boshqa ma’lumotlar bilan bir qatorda valyutalarni manipulyatsiya qilishda gumon qilinayotgan mamlakatlar ro‘yxatini ham e’lon qiladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida chiqadigan hisobotda bunday mamlakatlar soni taxminan 20 ta bo‘lishi kutilmoqda. Avvalgi hisobotda ular soni 12 ta bo‘lgan. Qayd etilishicha, ro‘yxat Moliya vazirligi unga kiritishga ta’sir ko‘rsatadigan mezonlardan birini o‘zgartirgani sababli kengayadi.

Hozirda AQSh o‘zining yirik savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlar va Shveysariyaning milliy valyutalar bilan operatsiyasini nazorat qilmoqda.

Bloomberg’ning qayd etishicha, kengaytirilgan ro‘yxatga AQSh bilan savdo balansida katta profitsitga ega Vyetnam, Indoneziya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya va Tailand kiritilishi mumkin. Hindiston va Janubiy Koreya bu ro‘yxatdan chiqarilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют