» » Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi


Janubiy Koreyada tehsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba 22 yoshli Farruh Mo‘minov Seul shahrida joylashgan o‘zi yashayotgan uyda chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 9-may kuni o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yo‘ldoshev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farruh Mo‘minov (1996-yilda tug‘ilgan) bo‘lgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada Farruh Mo‘minov voqea joyida vafot etgan.

Mutal Yo‘ldoshev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Hanil kasalxonasiga olib borilgan.

Konsul va yaqin do‘stlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot o‘tkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari Mutal Yo‘ldoshevning ahvolidan ham xabar oldi. Shifokorlar bemorning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.

Hozirda politsiya tomonidan yong‘in sabablarini va hodisaga sabab bo‘lgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mazkur holatni elchixona nazoratda ushlab turibdi, Hanil kasalxonasi rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib turibdi va fuqaro jasadini Vatanga jo‘natish masalasi ustida ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 15:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 11) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют