» » IBF yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning o‘z o‘rnini saqlab qoldi

IBF yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning o‘z o‘rnini saqlab qoldi


Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Mazkur reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Qudratillo 30-mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) mazkur yo‘nalish reytingida mart oyidagi mavqeini saqlab qolgan holda 7-o‘rinda bormoqda.

IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют