» » Buxoroda Nexia 3 avtomobilini o‘z vaqtida ololmagan fuqaroga 38 mln so‘m puli qaytarildi

Buxoroda Nexia 3 avtomobilini o‘z vaqtida ololmagan fuqaroga 38 mln so‘m puli qaytarildi


Buxoro viloyati Olot tumani Denov MFY Olmazor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O‘tkir Azimov yaxshi niyat bilan Buxoro shahridagi “Umid” avtolizing tashkilotiga Nexia 3 yevro 2-pozitsiya avtomashinasi uchun shartnoma asosida pul to‘laydi. Naqd 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘mni hech qanday e’tirozlarsiz, o‘z vaqtida topshiradi va avtoulov kelishini kutadi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabarida aytiladi.

Buni qarangki, na avtomobildan darak bor, na shartnomadagi va’da berilgan shartlardan. Natijada iste’molchi O‘tkir Azimov fuqarolik huquqlari poymol etilganini tushunib yetadi, hamda shartnomani bekor qiladi. Biroq “Umid” avtolizing tashkiloti 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘m pulni qaytarishni paysalga solib keladi.

Sabr kosasi to‘lgan xaridor, to‘lagan barcha pulini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ishonch telefoni” 1091 ga murojaat qiladi.

Federatsiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqdi. Har ikki tomon bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun haqida tushuntirish berildi.

Oqibatda, O‘tkir Azimov tomonidan to‘langan 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi. “Umid” avtolizing tashkilotiga esa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonun doirasida dalolatnoma tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют