» » Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqiladi

Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri ko‘rsatkichidan 2 barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini ko‘rsatib o‘tdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ichki yo‘llar va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash va yoshlar masalasi bo‘yicha ko‘p ishlar qilinishi kerakligini qayd etdi.

Shu maqsadlar uchun 61 ta loyihadan iborat dastur shakllantirilgani, ular hali yana ko‘paytirilishini ta’kidladi.

- Uchtepa tumanini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi. Unga nisbatan aniq takliflaringizni aytsangiz, bu hujjat amaliy, foydali bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuv erkin, ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Odamlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Prezident takliflarni tegishli rejalarga kiritish, yaqin vaqtlarda amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют