» » Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri bo‘ylab safari, Janubiy Koreyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, quyuv-mexanika zavodidagi yong‘in va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri bo‘ylab safari, Janubiy Koreyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, quyuv-mexanika zavodidagi yong‘in va kunning boshqa xabarlari


10-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni Toshkentdagi bir qator obyektlarni borib ko‘rdi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi.

So‘ng Toshkentning Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylar bilan tanishdi.

Shuningdek, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidni borib ko‘rdi.

Shundan keyin “Toshkent” avtovokzalida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Prezident Uchtepa tumanidagi umumta’lim maktabi va tikuvchilik sexini borib ko‘rdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

***

Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 9-may kuni o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yo‘ldoshev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farruh Mo‘minov (1996-yilda tug‘ilgan) bo‘lgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada Farruh Mo‘minov voqea joyida vafot etgan.

***

Bektemir tumanining Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan quyuv-mexanika zavodi hududida 10-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in sisternadan mazut yoqilg‘isi to‘kilishi oqibatida kelib chiqqan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bartaraf etilgan.

Keyinroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyuv-mexanika zavodida yuzaga kelgan yong‘in haqidagi xabarni rad etib, yong‘in zavod yonida joylashgan sanoat obyektlaridan birida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

***

Buxoroda to‘rt kishi Qrim-Kongo kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarlarga aniqlik kiritildi.

Kasallikning kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, bemorlarning barchasi cho‘l hududlarida chorva mollarini boqish va ularni parvarishi bilan shug‘ullanib kelgan fuqorolar ekanligi ma’lum bo‘lgan. Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi ularga kana chaqishi, kanani himoyalanmagan qo‘llar bilan chorva mollaridan olib, ezib o‘ldirilishi va qo‘y qirqim vaqtida kana chaqishi orqali yuqqanligi aniqlangan.

***

O‘zbekistonda ismli avtoraqamlarni joriy etish taklif qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur turdagi avtoraqamlarni sotish davlat budjetiga ham mablag‘larni tushirishga xizmat qiladi. Aksariyat holatlarda yo‘l harakat qoidalarini qo‘pol tarzda buzish yoki ehtiyotsizlik natijasida piyodani urib yuborish va voqea joyidan qochib ketish holatlarida bunday avtomobil raqamlari zarur hisoblanadi. Kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan joylarda shunday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etilganda fuqarolar raqamlardan ko‘ra so‘zlarni yaxshiroq eslab qoladilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют