» » Samarqandda pora evaziga qarzdorlikni yopishga uringan gaz korxonasi xodimlari javobgarlikka tortildi

Samarqandda pora evaziga qarzdorlikni yopishga uringan gaz korxonasi xodimlari javobgarlikka tortildi


Samarqandda “Elektr tarmoqlari va montaj ishlari” MChJ xodimlari xizmat vazifalarini suiiste’mol qilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Burhon Haydarov ma’lum qildi, deya xabar beradi Zarnews.

Ular o‘zaro til biriktirib, iste’molchi Adash Xudayqulovdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatini rasmiylashtirmaslik evaziga 300 ming so‘m pora talab qilgan. Bu holat bo‘yicha A.Xudayqulov viloyat MIBga ariza bilan murojaat qildi. Tezkor guruh xodimlari tomonidan daliliy ashyolar yig‘ilib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar “Pastdarg‘omtumangaz” korxonasi uchastka nozirlarining xurmacha qiliqlari xususida MIBga murojaat qildi. O‘rganish davomida uchastka xodimlari fuqaro Rashid Ishonovni tabiiy gazdan qarzi borligi, bu qarzni to‘lamay yurganligi bois katta jarimaga tortilishi va gaz tarmog‘idan uzib qo‘yishlarini aytgan.

Ular qarzdorlikni kompyuter hisobidan chiqarish uchun 2 million 352 ming so‘m “xizmat haqi” talab qilgan.

Bu holat mutaxassislar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari ishtirokida fosh etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют