» » Samarqandda “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi

Samarqandda “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi


Muborak Ramazon oyi davom etayotgan shu kunlarda Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi jamoasi va saxovatli kishilar Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyiga borib, tarbiyalanuvchilardan hol so‘radi. Ularni Ramazon bilan qutlab, bu oyning shukuhi va fazilati haqida so‘zlab berdi. Muassasa tarbiyalanuvchilariga oziq-ovqat mahsulotlari hamda ikki yuzdan ziyod badiiy va ilmiy kitoblar tuhfa qilindi, deb yozadi Zarnews.

“Yetimlarga yaxshi qarash har bir jamiyatdagi ijtimoiy tenglikning muhim omillaridan biri. Ularga taom, kiyim-kechak, ta’lim-tarbiya berish o‘ziga to‘qlarning zimmasidagi burchdir. Shuning uchun ham Islomda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Qur’oni Karimda yetimning haqiga xiyonat qilmaslik, unga muruvvatli bo‘lish haqida bir qancha oyatlar bor. Ushbu muborak kunlarda xalqimiz buning ahamiyatini teran anglab yetsa, nafaqat savob amallarimiz ko‘payadi, balki bu jamiyat uchun ham nihoyatda foydali ish bo‘ladi” — deydi “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Z.Mahmudov.

“Xo‘ja nisbatdor” jome masjidida ham muborak Ramazon oyida aynan shunday ishlarni tashkil etish maqsadida “Saxovat karvoni” xayriya qutisi tashkil etilgan. Xayriyadan tushgan pullar muhtojlarga, kam ta’minlangan oilalarga yordam tariqasida beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют