» » Avstraliyalik uchuvchi hushsiz holda yolg‘iz o‘zi 40 daqiqa parvoz qildi

Avstraliyalik uchuvchi hushsiz holda yolg‘iz o‘zi 40 daqiqa parvoz qildi


Avstraliyada uchuvchi-stajyor 40 daqiqa davomida hushiz holda yolg‘iz o‘zi samolyotda parvoz qildi. Bu haqda Avstraliya transport xavfsizligi byurosiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa 9-martda sodir bo‘lgan. Uchuvchi Port-Ogasta aeroportidan Adelaidaning Parafild aeroportiga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz oldidan uchuvchi yaxshi uxlamagan, nonushtaga faqat bir bo‘lak shokolad yegan. Bundan tashqari biroz shamollagan ham bo‘lgan.

Boshida og‘riq turgani sabab uchuvchi avtopilotni yoqib qo‘ygan. Dispetcherlar u bilan bog‘lanishga harakat qilgan, biroq uchuvchi okean ustidan uchib o‘tayotganidagina hushiga kelgan. Sodir bo‘lgan voqeaga qaramasdan uchuvchi samolyotni Parafildga muvaffaqiyatli qo‘ndira olgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu uchuvchi stajirovkani o‘tayotgan Adelaidadagi maktab sodir bo‘lgan voqeadan  so‘ng tegishli choralar ko‘rish niyatida. Xususan, talabalar uchishdan oldin qachon uxlagani va nima ovqat yegani haqida ma’lumot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют