» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidga kela olmaydiganlar uchun taroveh namozlari haqida ma’lum qildi (video)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidga kela olmaydiganlar uchun taroveh namozlari haqida ma’lum qildi (video)


O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyat mudiri Muhammadayub Homidov Qur’oni karim xatm qilinadigan taroveh namozi bu yil nechta masjidda o‘qilishi va uni aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, televideniye orqali ko‘rsatish borasidagi rejalar haqida  ma’lum  qildi.

“Ramazonda xatmi Qur’on qilish, taroveh namozlari o‘qilishi yurtimizning barokatlaridan. Xatmi Qur’onni bevosita masjidga borib tinglash, unda ishtirok etish hammaga ham nasib etmaydi. Kimdir betobligi, kimdir musofirligi tufayli borolmay qolishi mumkin.

Ba’zi musulmon o‘lkalarda bu jarayon barcha qatlamni qamrab olish maqsadida televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Bizda ham bu masala osonlik bilan hal etilgan. Tezkor internet zamonida yashayapmiz. Ayni vaqtda ‘Muslim.uz’ sayti va ‘Muslim TV ’orqali joylardagi xatmi Qur’onlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda”, — deydi islomshunos olim.

Muhammadayub Homidovning ta’kidlashicha, hozirda xatmi Qur’on republikadagi 1220 dan ortiq masjidda o‘qilmoqda va ularning internet sahifalari orqali bu jarayon berib borilmoqda. Kelgusida markaziy televideniyeda ham namoyish etilsa ajab emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют