» » O‘zbekistonda yosh bolalarning taroveh namozlariga kirishiga ruxsat berilgani e’lon qilindi

O‘zbekistonda yosh bolalarning taroveh namozlariga kirishiga ruxsat berilgani e’lon qilindi


O‘zbekistonning ba’zi masjidlarida yosh bolalarning taroveh namozlariga kiritilmayotgani bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, taroveh namozlari boshlangan kunlardan buyon ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning aksariyat masjidlariga 18 yoshga to‘lmagan bolalar kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li mazkur muammo bartaraf etilganini ma’lum qilgan.

“Mana, hozirgina bo‘lgan xushxabarlardan biri — yosh bolalarga nisbatan ozgina mone’lik bo‘lgan joyi bor edi. Bugundan boshlab yosh bolalar uchun bemalol darvozalar ochildi”, — degan imom-xatib.

Ma’lumot uchun, avvalroq Toshkent shahridagi 115 ta masjidda taroveh namozlari boshlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют