» » Neymar muxlisni urgani uchun diskvalifikatsiya qilindi

Neymar muxlisni urgani uchun diskvalifikatsiya qilindi


Fransiya futbol federatsiyasi PSJ hujumchisi Neymarni 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.

U mamlakat kubogi finalida “Renn”ga qarshi o‘yindan so‘ng bir muxlisning yuziga urgandi (PSJ penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi).

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvdan keyin futbolchilar stadion tribunasiga ko‘tarilayotgan vaqtda Neymar rasmga olayotgan bir necha muxlislar oldida to‘xtab, kamerani qo‘li bilan yopgandi va muxlisni itarib yuborgandi. Ular o‘zaro gap talashgandan so‘ng braziliyalik muxlisning yuziga qo‘li bilan urgandi.

Avvalroq Neymar Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining PSJ hamda “Manchester Yunayted” o‘rtasida kechgan javob uchrashuvidan so‘ng o‘zining Instagram’dagi sahifasida rasmiy shaxslarni haqorat qilgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют