» » Fransiya Kubogi finalida 2 ta gol farqi bilan hisobda oldinda borgan PSJ yakunda yutqazib qo‘ydi (video)

Fransiya Kubogi finalida 2 ta gol farqi bilan hisobda oldinda borgan PSJ yakunda yutqazib qo‘ydi (video)


Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining final uchrashuvida PSJ “Renn” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 13-daqiqasida parijliklar a’zosi Dani Alves hisobni ochgan bo‘lsa, 21-daqiqaga kelib braziliyalik hujumchi Neymar Anhel Di Mariya uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 40-daqiqada mehmon jamoa a’zosi Presnel Kimpembe avtogol muallifiga aylandi (2:1). O‘yinning 66-daqiqasida esa “Renn” himoyachisi Mekser hisobni tenglashtirdi (2:2).

Uchrashuvning asosiy vaqti hamda qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmadi. Ta’kidlash joiz, 118-daqiqada Parij klubi hujumchisi Kilian Mbappe qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Penaltilar seriyasida “Renn” klubi parijliklarni mag‘lub etdi (6:5) va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Fransiya Kubogi

Final bahsi

27-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 13 Dani Alves, 0:2 — 21 Neymar, 1:2 — 40, avtogol, Kimpembe, 2:2 — 66 Mekser

“Renn”: Koubek, Da Silva, Bensebayni, Traore, Mekser, Ben-Arfa, Andre, Burigo (Lea Siliki, 105), Grenye, Sarr, Nyang

PSJ: Areolya, Kimpembe, Markinyos, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kavani, 90), Verratti, Di Mariya (Paredes, 75), Dagba (Diabi, 105; Nkunku, 120), Neymar, Mbappe

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5

Ogohlantirishlar: Grenye (24), Verratti (29), Neymar (44), Di Mariya (55), Mesher (68), Burigo (71), Paredes (95), Andre (97), Nyang (107), Bensebayni (112), Lea Siliki (118)

Chetlatish: Mbappe (118)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют