» » Fransiya Kubogi. PSJ yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga chiqdi (video)

Fransiya Kubogi. PSJ yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga chiqdi (video)


3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi “Park de Prens”da “Nant”ni qabul qildi.

Bellashuvning 29-daqiqasida Marko Verratti hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqaga kelib Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:0). Oradan 5 daqiqa o‘tib Dani Alvesh hisobni yiriklashtirdi (3:0). Shu tariqa PSJ o‘z maydonida “Nant”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Parijliklar 1/2 finalda “Lion”ni yutgan “Renn” klubi bilan musobaqa chempionligi uchun kurash olib boradi.

Fransiya Kubogi

1/2 final bahslari

Gollar: 1:0 — 29 Verratti, 2:0 — 85, penalti, Mbappe, 3:0 — 90 Dani Alvesh

Gollar: 0:1 — 40 Nyang, 1:1 — 47 Traore, 1:2 — 55 Andre, 2:2 — 75, penalti, Dembele, 2:3 — 81 Bensebayni

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют