» » Liga 1. Neymarsiz PSJ o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Liga 1. Neymarsiz PSJ o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-tur bahslari doirasida 4 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Bruno Genesio boshqaruvidagi “Lion” klubi “Amyen” maydoniga safar qildi. Bellashuvdagi yagona gol 50-daqiqada Jeyson Denayer tomonidan kiritildi va “Lion” muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan PSJ klubi o‘z uyida “Renn” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

1-bo‘limning 7-daqiqasida Edinson Kavani hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Mbaye Nyang hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 60-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Anhel Di Mariya jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 6 daqiqa o‘tgach, parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1). Uchrashuvdagi so‘nggi gol 72-daqiqada kiritildi. Unga Edinson Kavani mualliflik qildi va dublga erishdi.

Shu tariqa PSJ o‘z maydonida “Renn” klubini yirik hisobda mag‘lub etib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Liga 1

22-tur bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 — 51 Laborde, 2:0 — 59 Baysse.

Gol: 0:1 — 50 Denayer.

Gollar: 1:0 — 7 Kavani, 1:1 — 28 Nyang, 2:1 — 60 Di Mariya, 3:1 — 66 Mbappe, 4:1 — 72 Kavani.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют