» » Fransiya Kubogi. PSJ quyi liga vakilini bazo‘r mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi

Fransiya Kubogi. PSJ quyi liga vakilini bazo‘r mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi


5—6-fevral kunlari futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining 1/8 final bahslari doirasida 7 ta uchrashuv yakunlandi.

6-fevral, chorshanba kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi PSJ klubi safarda Fransiya chempionatining 3-divizionida to‘p suradigan “Vilfransh” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.

Birinchi 15-daqiqalik bo‘limning 12-daqiqasida (102) Yulian Draksler hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib Abu Diabi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yindagi so‘nggi gol 119-daqiqada kiritildi. Unga urugvaylik hujumchi Edinson Kavani mualliflik qildi (3:0).

Shu tariqa PSJ “Vilfransh” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral, payshanba kuni musobaqa nimchorak final bahsining oxirgi bellashuvida “Lion” klubi “Gengam” mehmoni bo‘ladi. uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Fransiya Kubogi

1/8 final bahslari

5-fevral, seshanba

Gollar: 1:0 — 8 Kulibali, 2:0 — 41 Limbombe.

Gol: 0:1 — 20, penalti, Lekesh.

Gollar: 0:1 — 6, penalti, Tavaresh, 0:2 — 27 Balmon, 0:3 — 90 Said.

Gollar: 0:1 — 4 Tchokunte, 1:1 — 70 Poji, 1:2 — 95 Ninga, 2:2 — 117 Santelli.

6-fevral, chorshanba

Gollar: 0:1 — 102 Draksler, 0:2 — 113 Diabi, 0:3 — 119 Kavani.

Gollar: 0:1 — 8 Rivas, 0:2 — Rivas, 1:2 — 32 Gro, 2:2 — 41 Le Borgne, 3:2 — 90, penalti, Laurent.

Gollar: 0:1 — 65 Pepe, 1:1 — 74 Syebatsho, 2:1 — 90 Syebatsho.

7-fevral, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют