» » Germaniya Kubogi. Bavariya 1/4 finalga chiqdi, Borussiya D esa musobaqada chiqib ketdi

Germaniya Kubogi. Bavariya 1/4 finalga chiqdi, Borussiya D esa musobaqada chiqib ketdi


56-fevral kunlari futbol boyicha Germaniya Kubogining 1/8 final bahslari doirasida bir nechta bellashuv bolib otdi.

5-fevral, seshanba kuni Dortmundning Borussiya klubi oz maydonida Verderni qabul qildi.

1-bolimning 5-daqiqasidayoq mehmon jamoa azosi Milot Rashitsa hisobni ochgan bolsa, 45-daqiqaga kelib Borussiya Dortmund yetakchisi Marko Roys hisobni tenglashtirdi (1:1).

105-daqiqada Kristian Pulishich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 3 daqiqa otib, Klaudio Pisarro hisobni 2:2 korinishiga olib keldi. 113-daqiqada esa Ashraf Hakimi Maksimilian Filipp uzatmasini golga aylantirdi. Ikkinchi 15-daqiqalikning oxirgi daqiqalarida Milot Rashitsa orniga maydonga tushgan Martin Harnik jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:3).

Qoshimcha bolimlarda ham kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa Verderning qoli baland keldi. Shu tariqa Borussiya Dortmund oz uyida maglubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.

6-fevral, chorshanba kuni Myunxenning Bavariya klubi mehmonda Herta bilan jang qildi.

1-bolimning 3-daqiqasida Maksimilian Mittelshtedt hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa otib, Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bolimning 49-daqiqasida Serj Gnabri Xames Rodriges uzatgan topni raqib darvozasiga joylab qoydi va dublga erishdi (2:1). 66-daqiqaga kelib esa Devi Selke hisobni 2:2 korinishiga olib keldi.

1-qoshimcha bolimning 98-daqiqasida Bavariya hujumchisi Kingsli Koman jamoasining goliga mualliflik qildi va oyinga nuqta qoydi.

Shu tariqa Bavariya safarda galaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.

Germaniya Kubogi

1/8 final bahslari

5-fevral, seshanba

Gol: 1:0 54 Ozkan.

Gollar: 0:1 44 Btandt, 1:1 47 Dovedan, 2:1 Multaup.

Gollar: 1:0 47 Souza, 1:1 52 Tekpetey, 1:2 61 Proeger, 1:3 76 Antvi-Ajej.

Gollar: 0:1 5 Rashitsa, 1:1 45 Roys, 2:1 105 Pulishich, 2:2 108 Pisarro, 3:2 113 Hakimi, 3:3 119 Xarnik.

6-fevral, chorshanba

Gol: 0:1 85 Gregorich.

Gol: 1:0 9 Kunya.

Gollar: 1:0 30 Kutusu, 2:0 48 Sane, 3:0 53 Ut, 3:1 71 Xennings, 4:1 87 Sane.

Gollar: 1:0 3 Mittelshtedt, 1:1 7 Gnabri, 1:2 49 Gnabri, 2:2 66 Selke, 2:3 98 Koman.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (7-02-2019, 13:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -