» » Angliya Kubogi. “Tottenhem” to‘xtatildi, “Chelsi” esa yirik hisobda yutib, 1/8 finalga chiqdi (video)

Angliya Kubogi. “Tottenhem” to‘xtatildi, “Chelsi” esa yirik hisobda yutib, 1/8 finalga chiqdi (video)


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/16 final bahslari doirasida navbatdagi 2 ta bellashuv yakunlandi.

Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” klubi safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinning 9-daqiqasida Konnor Uikhem hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqaga kelib Andros Taundsend jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Harri Keyn, Dele Alli kabi yetakchi futbolchilari jarohatlangan “Tottenhem” musobaqa bilan xayrlashdi.

Shu kuni Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” “Stemford Brij” stadionida “Sheffild Uensdey” klubini sinovdan o‘tkazdi.

1-bo‘limning 26-daqiqasida “aristokratlar” hujumchisi Villian 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi (1:0).

2-bo‘limning 64-daqiqasiga kelib, Kallum Hadson-Odoi Andreas Kristensen uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 83-daqiqada esa Villian jamoasining 3-goliga mualliflik qildi va dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa “Chelsi” yirik hisobda g‘alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Angliya Kubogi

1/16 final bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 – 9 Uikhem, 2:0 – 34 Taundsend.

Gollar: 1:0 – 26, penalti, Villian, 2:0 — 64 Hadson-Odoi, 3:0 — 83 Villian.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют