» » APL. “Chelsi” o‘z maydonida qiyinchilik bilan “Nyukasl”ni yengdi (video)

APL. “Chelsi” o‘z maydonida qiyinchilik bilan “Nyukasl”ni yengdi (video)


12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-turi doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda APL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Londonning “Chelsi” klubi o‘z uyida “Nyukasl” jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Pedro Rodriges David Luiz uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:0).

1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmon jamoa — “Nyukasl” a’zosi Kiran Klark burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga kiritdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

57-daqiqaga kelib, Eden Azarning uzatmasidan so‘ng Villian bir himoyachini aldab o‘tib, g‘alaba goliga mualliflik qildi (2:1).

Shu tariqa “aristokratlar” qiyin kechgan o‘yinda g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

APL

22-tur bahslari

12-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 9 Rodriges, 1:1 – 40 Klark, 2:1 – 57 Villian.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Kante, Jorjinyo, Kovachich (Barkli, 63), Pedro Rodriges (Hadson-Odoi, 81), Azar (Jiru, 87), Villian.

“Nyukasl”: Dubravka, Yedlin (Mankilyo, 82), Lejyun, Lassells, Klark, Richi, Peres (Myorfi, 82), Xayden, Atsu,Longstaff, Rondon.

Ogohlantirishlar: Richi (24), Jorjinyo (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют