» » Bundesliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” “Shalke-04”ga yutqazdi (video)

Bundesliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” “Shalke-04”ga yutqazdi (video)


27-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-turi doirasida 5 ta o‘yin yakunlandi.

Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Shalke-04” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 14-daqiqasida dortmundliklar a’zosi Mario Gyotse Jeydon Sancho uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib mehmon jamoa yarim himoyachisi Daniel Kaligiuri penaltidan Roman Byurki qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (1:1). 28-daqiqada “Salke-04” a’zosi Salif Sane jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 62-daqiqada esa Daniel Kaligiuri dublga erishdi (3:1). 84-daqiqaga kelib Dortmund klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel hisobni qisqartirdi (3:2). O‘yinning 86-daqiqasida hujumchi Brel Embolo mehmon jamoaning 4-goliga mualliflik qildi (4:2).

Shu tariqa “Borussiya Dortmund” o‘z uyida kechgan bahsda “Shalke-04”ga yutqazib qo‘ydi va klub muhim ochkolardan mahrum bo‘ldi (2:4).

Qayd etish joiz, uchrashuvda dortmundliklar o‘yinchilari Marko Roys (60) va Marius Volf (65) qizil kartochka bilan jazolanib maydondan chetlatildi.

Bundesliga

31-tur bahslari

27-aprel, shanba

Gollar: 1:0 — 14 Gyotse, 1:1 — 18, penalti, Kaligiuri, 1:2 — 28 Sane, 1:3 — 62 Kaligiuri, 2:3 — 84 Vitsel, 2:4 — 86 Embolo

Gollar: 1:0 — 19 Verner, 1:1 — 66 Grifo, 2:1 — 78, penalti, Forsberg

Gol: 1:0 — 66 Veydandt

Gollar: 1:0 — 1 Raman, 1:1 — 28, penalti, Kruze, 2:1 — 22 Karaman, 3:1 — 56 Hennings, 4:1 — 73 Suttner

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют